Özbekistonda ta’lim kreditlarini moliyalaştirişning barqaror mexanizmlarini şakllantiriş masalalari yuzasidan davra suhbati bölib ötdi
2026-11-21 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Ikki kunlik muloqotda asosiy e’tibor oliy va professional ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, amaldagi ta’lim kreditlari tizimini takomillaştiriş, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaş hamda xalqaro tajriba asosida Özbekiston şaroitiga mos yeçimlarni işlab çiqiş masalalariga qaratildi.
Dastur doirasida Avstraliya, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda ta’limni moliyalaştiriş böyiça şakllangan yondaşuvlar taqdim etildi. Jumladan, Avstraliyaning Oliy ta’lim xarajatlarida iştirok etiş sxemasi (HECS) va daromadga boğliq ta’lim kreditlari — Income-Contingent Loans (ICL) mexanizmining işlaş tamoyillari muhokama qilindi. Buyuk Britaniya tajribasi hamda uşbu modellarning iqtisodiy asoslari, imkoniyatlari va çeklovlari yuzasidan ekspertlar fikr almaşdi.
Muhokamalarda Jahon bankining ta’lim va könikmalar yönalişi rahbari Toby Linden, Avstraliyaning HECS tizimi böyiça ekspert Bruce Chapman, London School of Economics professori Nicolas Barr, University of New South Wales vakili Richard Holden, University College London professori Lorraine Dearden hamda Universidad Rey Juan Carlos professori, London School of Economics katta ilmiy xodimi Ismael Sanz Labrador iştirok etdi. Şuningdek, Qirğiziston va Ozarbayjonning tegişli taşkilotlari vakillari mintaqaviy tajriba bilan örtoqlaşdi.
Tadbirning ikkinçi kunida e’tibor Özbekiston uçun daromadga boğliq ta’lim kreditlari modelini işlab çiqişning amaliy jihatlariga qaratildi. Xususan, iqtisodiy modellaştiriş orqali turli stsenariylarni baholaş, kreditni qaytariş çegaralari va stavkalarini belgilaş, bitiruvçilarning ta’limdan keyingi bandligi va daromadlarini hisobga oliş, şuningdek, modelning davlat byudjeti uçun ehtimoliy ta’sirini tahlil qiliş masalalari körib çiqildi.
Bunday modelni asosli baholaş uçun işonçli va özaro boğlangan ma’lumotlar muhim ekani alohida ta’kidlandi. Şu munosabat bilan ta’lim oluvçilar, ta’lim dasturlari va kontrakt qiymati, öqişni tamomlaş, işga joylaşiş hamda daromadlar töğrisidagi ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatlari muhokama qilindi. Soliq va bandlik tizimlaridagi ma’lumotlar, ularning özaro integratsiyasi hamda ma’lumotlardan foydalanişning huquqiy-institutsional asoslari ham muhokama mavzusi böldi.
Şuningdek, iştirokçilar Özbekistonda ta’limni moliyalaştiriş ekotizimining amaldagi holati, ta’lim kreditlari platformasining imkoniyatlari va uni rivojlantiriş yönalişlarini körib çiqdi. Kredit ajratişdan tortib uni qaytarişgaça bölgan jarayonda davlat idoralari, moliya taşkilotlari va boşqa manfaatdor tomonlarning vazifalarini aniq belgilaş, daromadlarni kuzatiş va tölovlarni undiriş mexanizmlarini muvofiqlaştiriş masalalariga e’tibor qaratildi.
Amaliy qismda ICL böyiça tölovlarni undiriş jarayonini şakllantirişga bağişlangan kiçik guruhlar işi dasturdan örin oldi. Unda daromadni aniqlaş, tölov majburiyatlarini hisoblaş, ma’lumot almaşinuvi va mas’ul taşkilotlar örtasidagi hamkorlik zanjiri kabi masalalar yuzasidan takliflarni işlab çiqiş va taqqoslaş közda tutildi.
Yakuniy sessiyada ikki kunlik muhokamalarni umumlaştiriş, Özbekistonda ta’lim kreditlari tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari, ICL modelini milliy şaroitga moslaştirişda e’tiborga olinişi lozim bölgan omillar hamda keyingi bosqiçdagi işlar muhokama kun tartibiga kiritildi. Şuningdek, manfaatdor tomonlarning takliflarini şakllantiriş va ularni islohotlar böyiça yöl xaritasi asoslarini işlab çiqiş jarayonida inobatga oliş masalalari körib çiqildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi
