“Ipoteka-bank”ning qolgan davlat uluşini OTP Bankka sotiş böyiça kelişuvga erişildi
2026-11-21 15:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vengriyaning OTP Bank örtasida “Ipoteka-bank” ATIBni xususiylaştirişning yakuniy bosqiçi doirasida bankning 17,5 foizlik davlat uluşini sotiş böyiça kelişuvga erişildi.

2022-yilda tomonlar örtasida “Ipoteka-bank” ATIBni xususiylaştiriş töğrisida oldi-sotdi şartnoma imzolangan bölib, uşbu xususiylaştiriş ikkita bosqiçda amalga oşirilişi va ikkinçi tranzaksiyaning narxi bevosita bankning körsatkiçlariga boğlanişiga kelişilgan.
Ötgan tört yil davomida bankning moliyaviy körsatkiçlari hamda respublikamizning iqtisodiy şaroitlari sezilarli darajada ijobiy özgarganligi sababli, şartnomaning ayrim şartlari qayta körib çiqilişi yuzasidan qöşimça bitim imzolandi va “Ipoteka-bank”ni xususiylaştirişning ikkinçi bosqiçini qisqa muddatda yakunlaşga kelişildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi
