Xalqaro ekspertlar iştirokida ta’lim kreditlarini moliyalaştirişning barqaror modellari va istiqbollari muhokama etilmoqda
2026-11-20 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida “Eduimkon” loyihasi doirasida ötkazilayotgan uşbu muloqotda davlat idoralari, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy universitetlar va ta’limni moliyalaştiriş sohasidagi ekspertlar iştirok etmoqda.
Xususan, muloqotda Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimov, Jahon bankining ta’lim va könikmalar yönalişi rahbari Toby Linden, Avstraliyaning HECS tizimi böyiça ekspert Bruce Chapman, University of New South Wales (UNSW Sydney) vakili Richard Holden, University College London (UCL) vakili Lorraine Dearden, London School of Economics (LSE) ekspertlari, şuningdek, Qirğiziston, Turkmaniston va Tojikistonning tegişli idoralari vakillari iştirok etmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — oliy va professional ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, amaldagi ta’lim kreditlari mexanizmining samaradorligi va moliyaviy barqarorligini tahlil qiliş, şuningdek, xalqaro tajribani Özbekiston şaroitiga moslaştiriş imkoniyatlarini muhokama etişdan iborat.
Ta’limni moliyalaştiriş tizimi nafaqat talabalarning ta’lim oliş imkoniyatiga, balki inson kapitali rivoji, mehnat bozori ehtiyojlari va davlat mablağlaridan samarali foydalanişga ham bevosita ta’sir körsatadi. Şu nuqtai nazardan, ta’lim kreditlari mexanizmlarini takomillaştirişda ijtimoiy adolat, maqsadli qöllab-quvvatlaş va uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni uyğunlaştiriş muhim vazifa hisoblanadi.
Davra suhbatining birinçi kunida Özbekistondagi amaldagi ta’lim kreditlari tizimining qamrovi, kredit şartlari, imtiyozlar, ariza beriş va mablağ ajratiş jarayonlari, şuningdek, banklar hamda talabalarning bu boradagi tajribasi körib çiqildi. Muhokamalarda tizimni takomillaştirişning moliyaviy va institutsional jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan Avstraliya, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda qöllanilayotgan ta’limni moliyalaştiriş modellari taqdim etilmoqda. Jumladan, Avstraliyaning HECS tajribasi hamda daromadga boğliq ta’lim kreditlari — Income-Contingent Loans (ICL) mexanizmining imkoniyatlari muhokama markazida böldi. Uşbu yondaşuvda kreditni qaytariş şartlarini bitiruvçining daromadi va tölov qobiliyati bilan boğlaş masalasi yuzasidan fikr almaşildi.
ICL modelini Özbekiston şaroitida qöllaş imkoniyatlarini baholaş jarayonida kreditni qaytariş çegarasi va stavkalari, foiz yoki indeksatsiya mexanizmlari, bitiruvçilarning işga joylaşişi va daromadlari, norasmiy bandlik, subsidiyalar hamda davlat byudjetiga tuşadigan ehtimoliy yuklama kabi omillar tahlil qilindi. Şuningdek, bunday modelni joriy etiş uçun zarur ma’lumotlar bazasi va huquqiy-institutsional şartlar muhokama etildi.
Ta’lim kreditlari tizimining raqamli infratuzilmasini rivojlantiriş ham kun tartibidan örin oldi. Xususan, ariza qabul qiliş, mablağ ajratiş va kreditlarni qaytariş jarayonlarini raqamlaştiriş, daromad töğrisidagi ma’lumotlardan foydalaniş, soliq va bandlik tizimlari bilan ma’lumot almaşinuvi, şuningdek, tölovlarni hisoblaş va undiriş jarayonida idoralar vakolatlarini aniq belgilaş masalalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Muhokamalarning ilk kunida iştirokçilar muhokama qilingan ustuvor yönalişlar yuzasidan soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qiliş, özlarini qiziqtirgan masalalar böyiça batafsil ma’lumot oliş hamda savollariga atrofliça javob topiş imkoniyatiga ega böldilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi









