Malayziyada özbekistonlik tadbirkor ayollar uçun öquv dasturi boşlandi
2026-11-17 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 16-noyabr kuni Malayziyaning Şah Alam şahrida “Özbekiston ayollarining moliyaviy savodxonligini oşiriş” mavzusidagi öquv dasturining rasmiy oçilişi bölib ötdi. 14–28-noyabr kunlariga möljallangan öquv safarida Özbekistondan 10 nafar tadbirkor ayol iştirok etmoqda.
Öquv safari Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) örtasidagi hamkorlik doirasida, agentlikning moliyaviy kömagida taşkil etildi. 10 nafar tadbirkor ayol vazirlik hamda loyiha hamijroçilari — “HAMROH” va Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tavsiya etgan nomzodlar orasidan saralab olindi.
Dasturdan közlangan maqsad — tadbirkor ayollarning biznes moliyasini boşqariş böyiça amaliy könikmalarini mustahkamlaş. SIRIM akademiyasi maşğulotlarida iştirokçilar mahsulot tannarxini hisoblaş, narx belgilaş hamda biznesni kengaytiriş uçun daromad va xarajatlarni rejalaştirişni örganmoqda.
Dastur doirasida iştirokçilar Malayziya Markaziy banki va Amanah Ikhtiar Malaysia mikromoliya taşkilotiga taşrif buyurib, tadbirkor ayollarga moliyaviy maslahat beriş va ularning biznesini moliyalaştiriş tajribasini örganadi. Mahalliy tadbirkor ayollar boşqarayotgan korxonalarda esa işlab çiqariş, brendni rivojlantiriş va yangi bozorlarga çiqiş amaliyoti bilan tanişadi.
Öquv dastur yakunida 27-noyabr kuni iştirokçilar Malayziyada örgangan tajribalarini öz biznesida qöllaş böyiça rejalarini taqdim etadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi



