Şaharsozlik renovatsiyasi: zamonaviy va qulay muhit
2026-11-16 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 10-iyunda qabul qilingan ÖRQ-1149-son «Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida»gi Qonun şaharlarda eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondini yangilaş, yer resurslaridan samarali foydalaniş hamda aholi uçun qulay yaşaş muhitini şakllantirişning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Belgilangan maqsadli körsatkiçlarga köra:
2026-yilda — 30 mingta;
2027-yilda — 35 mingta xonadonni renovatsiya asosida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan.
2040-yilga qadar köp kvartirali uy-joylar qurilişida renovatsiya hisobiga barpo etiladigan xonadonlar uluşini 60 foizgaça oşiriş közda tutilgan.

