COP31 doirasida xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişildi
2026-11-13 11:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Muzokaralarda Özbekistonda yaşil iqtisodiyotga ötişni jadallaştiriş, energiya samaradorligini oşiriş, iqlim moliyasini rivojlantiriş, sanoat tarmoqlarida uglerod çiqindilarini kamaytiriş hamda şahar infratuzilmasining barqaror rivojlanişini ta’minlaşga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan 1,4 million AQŞ dollari qiymatidagi loyiha doirasida atrof-muhitga salbiy ta’sir körsatuvçi subsidiyalarni qayta yönaltiriş, jamoat binolarining energiya samaradorligini oşiriş, yaşil investitsiyalar va moliyalaştiriş mexanizmlarini rivojlantiriş, şuningdek, integratsiyalaşgan budjetni belgilaş masalalari muhokama qilindi. Uşbu yönalişlarda hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan uç tomonlama hujjat özaro almaşildi.
Şuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan qiymati 5,5 million yevro bölgan loyihalar muhokama qilindi va özaro hamkorlik hujjatlari almaşildi. Uşbu kelişuv hududlarning master-rejalarini işlab çiqiş, ekologik biznes amaliyotlarini joriy etiş hamda energiya va resurs samaradorligini oşiruvçi “yaşil” pilot loyihalarni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, Global yaşil ösiş instituti (GGGI), Koreyaning “Green New Deal Trust Fund” (KGNDTF) va Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan 1 million dollarlik loyiha yuzasidan muzokaralar ötkazildi. Unda Özbekiston sanoatida energiya tejaş salohiyatini aniqlaş hamda uni iqtisodiy jihatdan asoslangan, iqlim özgarişini yumşatişga qaratilgan mintaqaviy loyihalarga aylantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şahar infratuzilmasini barqaror rivojlantiriş maqsadida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) va “Expertise France” taşkiloti bilan qiymati 400 ming dollar bölgan “Yaşaş uçun qulay va samarali şaharlar” loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida uşbu dasturni qöllab-quvvatlaş böyiça uç tomonlama hamkorlik hujjatlari almaşildi.
Şu bilan birga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasining Singapur vakillari bilan ikki tomonlama uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv davomida Parij bitimining 6.2-moddasi doirasida hamkorlikni rivojlantiriş, xalqaro uglerod bozori mexanizmlarini amaliyotga joriy etiş hamda Özbekistonda uşbu sohadagi faoliyatni tartibga solişning huquqiy va institutsional asoslarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar uglerod birliklarining xalqaro savdosida iştirok etiş, özaro tajriba almaşiş va amaliy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
COP31 doirasida erişilgan kelişuvlar Özbekistonda yaşil iqtisodiyotga ötiş jarayonlarini jadallaştiriş, energiya va resurslardan samarali foydalaniş, xalqaro moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytiriş hamda iqlim özgarişiga qarşi kuraşişga qaratilgan islohotlarni izçil davom ettirişga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi



