IQTISODIY IQ | EPIZOD 2
2026-11-12 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Nega insonlar har doim ham özlari uçun eng foydali iqtisodiy qarorlarni qabul qilmaydi?

2017-yilda iqtisodiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölgan Richard Thaler psixologik omillarning iqtisodiy qarorlarga ta’sirini örganib, xulq-atvor iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qöşgan.
Olimning asosiy tadqiqotlari quyidagi yönalişlarni qamrab oladi:
🔹Çeklangan ratsionallik;
🔹Aqliy hisob yuritiş (Mental Accounting);
🔹Bugungi manfaatga ustunlik beriş;
🔹Yumşoq yönaltiriş (Nudge);
🔹“Save More Tomorrow” dasturi.
Richard Thaler — 1945-yilda AQŞda tuğilgan amerikalik iqtisodçi, Çikago universiteti professori va xulq-atvor iqtisodiyotining yetakçi namoyandalaridan biri hisoblanadi. U iqtisodiyotga psixologik yondaşuvni olib kirib, insonlar nima sababdan keraksiz xaridlarga pul sarflaşi, jamğarişni keçiktirişi yoki öz manfaatlariga zid qarorlar qabul qilişini tuşuntirişga hissa qöşgan. Uning ilmiy işlari nafaqat iqtisodiyot nazariyasiga, balki pensiya jamğarmalari, şaxsiy moliyani boşqariş mexanizmlarini takomillaştirişga ham ta’sir körsatgan.




