MHMS talablarini joriy etiş uçun dasturiy ta’minot provayderlari bilan hamkorlik yölga qöyiladi
2026-11-06 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ–282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini (BHMS) qayta körib çiqiş va unifikatsiya qiliş orqali Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) uyğunlaşgan Moliyaviy hisobotning milliy standartlari (MHMS) tizimi bosqiçma-bosqiç şakllantirilmoqda. Islohotlar hisobotning işonçliligi, şaffofligi va taqqoslanuvçanligini oşirişga, taşkilotlarga yangi talablar asosida hisob yuritişda kömaklaşişga qaratilgan.
Bugungi kunda MHMSga oid 5 ta hujjat davlat röyxatidan ötkazilgan, yana 9 ta standart loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Har bir hujjatning qöllaniş doirasi va kuçga kiriş sanasi alohida belgilanadi. Şuning uçun taşkilotlar va dastur işlab çiquvçilar standartlarning rasmiy matni hamda amal qiliş sanasini inobatga olişi muhim.
Yangi standartlarni amaliyotga tatbiq etişga kömaklaşiş maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMS asosida hisobot tayyorlaydigan taşkilotlar uçun tavsiyaviy hisobvaraqlar rejasini işlab çiqdi. U “Moliyaviy hisobotni tuziş va taqdim etişning konseptual asoslari” (2026-yil 10-iyun, r/r. 3854) hamda tegişli MHMS talablariga tayanadi. Hisobvaraqlar rejasi majburiy yagona tizimni joriy etmaydi: taşkilotlar öz faoliyati va hisob siyosatiga muvofiq işçi rejani mustaqil şakllantirişi mumkin.
Vazirlik yangi MHMSlarning amaldagi BHMSlardan asosiy farqlari, hisob yuritiş va moliyaviy hisobot tayyorlaşdagi yangiliklar hamda ularni qöllaşga oid tuşuntirişlarni qamrab olgan tavsiyaviy-uslubiy qöllanmani ham tayyorladi. Uşbu materiallar dasturiy yeçimlarni yangilaş, hisobot moddalarini şakllantiriş va hisobvaraqlarni moslaştirişda amaliy yordam beradi.
MHMSga ötiş buxgalteriya dasturlaridagi hisob registrlari, hisobot şakllari va axborotni oçib beriş imkoniyatlarini moslaştirişni talab qilişi mumkin. Şu munosabat bilan dasturiy mahsulotlarni işlab çiquvçi, yetkazib beruvçi va joriy etuvçi taşkilotlarga ularni rasman kuçga kiradigan standartlarga öz vaqtida muvofiqlaştiriş tavsiya etiladi. Bunda loyihalarni amaldagi majburiy talab sifatida qabul qilmaslik, özgartişlarni esa standartning tasdiqlangan matni va kuçga kiriş sanasiga muvofiq rejalaştiriş lozim.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturiy ta’minot provayderlari bilan MHMSlarni qöllaş, tavsiyaviy hisobvaraqlar rejasini dasturlarda aks ettiriş va yuzaga keladigan metodologik masalalarni muhokama qiliş böyiça hamkorlikka tayyor. Bunday muloqot yangi talablarni töğri qöllaş va taşkilotlarning hisobot tayyorlaş jarayonini yengillaştirişga xizmat qiladi.
Mazkur yönalışdagi taklif va murojaatlar böyiça Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi metodologiyasi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etiş bölimi mutaxassisiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiliş mumkin: Tel: +998 71 203 50 50 (içki raqam: 01849).
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi
