Obyekt darajasida issiqxona gazlari emissiyalarining monitoringi, hisoboti va tekşiruvi (MRV) tizimini joriy etiş böyiça “Yöl xaritasi” muhokama qilindi
2026-11-03 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uşbu tadbir Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uçun “Uglerodni narxlaş böyiça bilimlar platformasi” texnik kömak dasturi (ECA Carbon Pricing Knowledge Platform TA Program) doirasida Jahon bankining katta mutaxassisi Vey-Jen Lyu boşçiligidagi missiyaning Özbekistonga taşrifi doirasida taşkil etildi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik huzuridagi Yaşil iqtisodiyot loyihalari markazi hamda Jahon banki ekspertlari hamkorligida ötkazildi. Unda Energetika vazirligi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda mamlakatimizning yirik energetika, metallurgiya, kimyo va quriliş materiallari sanoati korxonalari, jumladan, “Özbekneftgaz” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, OKMK, NKMK va “Özkimyosanoat” AJ vakillari iştirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – Özbekiston Respublikasining “Issiqxona gazlarining çiqarilişini çeklaş töğrisida”gi (ÖRQ-1073-son) Qonuni ijrosini ta’minlaş doirasida tartibga solinadigan yirik korxonalarda obyekt darajasida MRV tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça işlab çiqilgan “Yöl xaritasi”ning asosiy xulosalarini manfaatdor tomonlarga taqdim etiş va amaliy mexanizmlarni muhokama qilişdan iborat böldi.
Muhokamalar davomida obyekt darajasida MRV tizimini joriy etişning ustuvor yönalişlari taqdim etildi. Xususan, normativ-uslubiy bazani şakllantiriş, tarmoqlar kesimida monitoring metodologiyalarini işlab çiqiş, yoqilği turlari va işlab çiqariş faoliyati böyiça milliy emissiya koeffitsiyentlari bazasini yaratiş, korxonalarga uslubiy yordam körsatiş hamda idoralararo ma’lumot almaşinuvini yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.
Seminarning muhim yönalişlaridan biri elektron hisobot şakllari va issiqxona gazlari emissiyalarining raqamli reyestrini işlab çiqiş hamda ularni Milliy şaffoflik tizimining RISQ onlayn platformasi bilan integratsiya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bundan taşqari, Jahon bankining Bozor mexanizmlarini joriy etiş böyiça hamkorlik dasturi (PMI) doirasida institutsional salohiyatni oşiriş va axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur taşabbusning amalga oşirilişi yirik energetika va sanoat korxonalarida issiqxona gazlari emissiyalari hisobining şaffofligi va işonçliligini ta’minlaş, milliy inventarizatsiya uçun sifatli ma’lumotlar bazasini şakllantiriş hamda uglerod soliği va istiqbolda emissiyalar savdosi tizimini (ETS) joriy etişga tayyorgarlik körişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu bilan birga, obyekt darajasidagi işonçli emissiya ma’lumotlari mahalliy eksportçilarning Yevropa Ittifoqining Uglerod çegarasini tartibga soliş mexanizmi (CBAM) talablariga muvofiqligini ta’minlaş va xalqaro bozordagi raqobatbardoşligini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi




