Yangi o‘zbek alifbosi: islohotlar va amaliyot uyg‘unligi
2026-10-31 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Jumladan, 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonuni bilan yangi özbek alifbosi takomillaştirildi.
Şu munosabat bilan, davlat taşkilotlari orasida birinçilardan bölib Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Takomillaştirilgan özbek alifbosiga oid tuşuntiriş va uni amalda qöllaş” mavzusida Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi bilan hamkorlikda tadbir ötkazildi.
Uşbu tadbirda Vazirlik markaziy apparati, Bojxona qömitasi, Ğaznaçilik xizmati qömitasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi, Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi xodimlari hamda videokonferensaloqa orqali tizim taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Tadbirni vazir maslahatçisi Obiddin Maxmudov kiriş sözi bilan oçib, ona tilining inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, uning davlat rivojidagi örni naqadar muhim ekanini ta’kidlab ötdi.
Mazkur tadbirda Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi direktori Inomjon Azimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi direktori Azizjon Eminov iştirok etib, özbek alifbosi tarixi, takomillaştirilgan alifbodagi özgarişlar va qöllanişi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Şuningdek, özbek tilining jozibadorligi, betakror ifoda imkoniyatlari hamda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvçi xususiyatlariga bağişlangan qisqa videoroliklar namoyiş etildi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda özbek alifbosini takomillaştiriş böyiça qator ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va jamoatçilik muhokamalari ötkazildi. Uşbu jarayonlarda olimlar, yozuvçilar, pedagoglar, axborot texnologiyalari mutaxassislari, naşriyot xodimlari hamda keng jamoatçilik vakillari faol iştirok etdi.
Seminarda davlat idoralaridagi ma’lumotlar va elektron hujjat aylanişi tizimlarini yangi alifboga moslaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.







