Iqtisodiy rivojlaniş biznes-markazi vakillari bilan hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
2026-10-28 19:35:00 / Press-relizlar

Muloqot davomida Özbekistonning MDHga raisligi doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, 2027-yil 12-mart kuni Moskva şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan "MDH — 2040: Yevrosiyo kelajagi obrazi" xalqaro iqtisodiy forumini taşkillaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, forum doirasida MDHga a’zo davlatlar iştirokida ötkazilişi rejalaştirilgan tematik panel sessiyalarining yönalişlari hamda Iqtisodiy rivojlaniş biznes-markazining istiqbolli loyihalari yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, özaro manfaatli loyihalarni rivojlantiriş hamda belgilangan yönalişlar böyiça hamkorlikni davom ettiriş masalalarini körib çıqdilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi

