Samarqandda pensiya tizimlari kelajagiga bağişlangan xalqaro konferensiya taşkil etildi
2026-10-28 18:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Konferensiyada Pensiya va ijtimoiy jamğarmalar xalqaro assotsiatsiyasi (PIJXA)ga a’zo davlatlar – Özbekiston, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlarning pensiya ta’minoti böyiça nufuzli ekspertlari iştirok etdi.
Mazkur konferensiya pensiya va ijtimoiy ta’minot tizimlarining kelajagini muhokama qiliş, sohadagi dolzarb muammolarga zamonaviy yeçimlar izlaş, ilğor xalqaro tajriba almaşiş hamda Pensiya va ijtimoiy jamğarmalar xalqaro assotsiatsiyasi (PIJXA)ga a’zo davlatlar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
Anjuman davomida demografik özgarişlar, mehnat bozoridagi yangi tendentsiyalar va ularning pensiya tizimlariga ta’siri, ijtimoiy ta’minot mexanizmlarining samaradorligi hamda kelgusi 5–10 yilda yuzaga kelişi mumkin bölgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarga tayyorgarlik masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, aholining demografik tarkibidagi özgarişlarni prognozlaş, pensiya tizimlarini örta va uzoq muddatli rejalaştiriş hamda ijtimoiy ta’minot sohasida qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini baholaş böyiça zamonaviy yondaşuvlarga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiyaning muhim yönalişlaridan biri pensiya va ijtimoiy ta’minot tizimlarida raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş masalalari böldi.
Muhokamalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini demografik prognozlaş, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qiliş va pensiya tizimlarini boşqarişda qöllaş istiqbollari, şuningdek, raqamli yeçimlarni joriy etiş bilan boğliq imkoniyatlar, çeklovlar va xavflar körib çiqildi.
Konferensiya doirasida pensiya ta’minoti sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi hamda Qozoğiston Respublikasining “Yagona jamğarib boriladigan pensiya jamğarmasi” aksiyadorlik jamiyati örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.
Şuningdek, Pensiya jamğarmasi va Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi huzuridagi Davlat ijtimoiy himoya jamğarmasi örtasida hamkorlik böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatlar pensiya ta’minoti sohasida özaro tajriba almaşiş va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş uçun muhim asos bölib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi









