Ta’lim kreditlari tizimini takomillaştiriş va EduImkon dasturi doirasidagi islohotlar muhokama qilindi
2026-10-23 16:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Jahon banki, tegişli vazirlik va idoralar, tijorat banklari, oliy ta’lim muassasalari hamda jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda ta’lim kreditlari tizimining amaldagi holati, erişilgan natijalar, moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda davlat mablağlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, 2021-yildan 2026-yilning uçinçi çoragi yakuniga qadar qariyb 7,7 trln sömlik ta’lim kreditlari ajratilgan bölib, kredit ajratiş holatlari soni 663 mingdan oşgan. Şundan 5,8 trln sömdan ortiği xotin-qizlarning ta’lim olişini qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan. Ularga ajratilgan kreditlar soni 515 mingdan oşgan.
Muloqotning asosiy mavzularidan biri Jahon bankining 250 mln AQŞ dollari miqdoridagi moliyalaştirişi asosida amalga oşirilayotgan EduImkon dasturi böldi.
Dastur oliy ta’lim olişda moliyaviy imkoniyatlar tengligini kengaytiriş, ta’limni moliyalaştirişni mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqlaştiriş va kreditlaş tizimining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan.
Şu doirada xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari va ustuvor ta’lim yönalişlarida tahsil oluvçilarni manzilli qöllab-quvvatlaş, kreditlarni rasmiylaştiriş, monitoring qiliş va qaytariş jarayonlarini raqamlaştiriş, şuningdek, bitiruvçilar daromadiga boğliq kredit qaytariş mexanizmlarini xalqaro tajriba asosida örganiş masalalari körib çiqildi.
Şuningdek, xalqaro ekspertlar iştirokida ta’lim kreditlari tizimining moliyaviy-iqtisodiy modelini işlab çiqiş, mavjud raqamli platformani baholaş hamda mehnat bozori bilan boğliqlikni tahlil qiliş böyiça rejalaştirilgan işlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Uçraşuvda xorijiy davlatlarning TOP-300 universitetlarida tahsil oliş, şuningdek, xorijda qisqa muddatli kasbiy tayyorgarlik va til kurslarida öqiş uçun ta’lim kreditlari ajratiş böyiça işlab çiqilayotgan takliflar ham muhokama qilindi.
Bunda moliyalaştiriş şartlari va limitlari, ta’lim muassasalarining sifati, kreditlarni qaytariş tartibi hamda bitiruvçilarning kelgusidagi bandligi bilan boğliq jihatlarga e’tibor qaratildi. Uşbu mexanizmlar hozirda taklif bosqiçida ekani qayd etildi.
Tadbir davomida ta’lim kreditlari tizimida ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga oliş, inklyuzivlikni ta’minlaş hamda murojaatlarni körib çiqiş tartibini takomillaştiriş yuzasidan ham fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida manfaatdor tomonlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni kelgusidagi islohotlarni işlab çiqiş jarayonida inobatga oliş belgilandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon banki hamda boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda ta’limni moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş böyiça işlarni davom ettiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi









