Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi
2026-10-22 19:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda vazirlik rahbariyati va xodimlari, tilşunos olimlar, madaniyat va san’at vakillari hamda taklif etilgan mehmonlar iştirok etdi.
Bayram dasturi vazirlik xodimlari iştirokidagi öziga xos sahna dialogi bilan boşlandi. Şundan söng özbek tilining boy tarixi, madaniy merosimiz va milliy özligimizni ifoda etişdagi ahamiyatiga bağişlangan videorolik namoyiş etildi.
Tadbir davomida Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatçisi Obiddin Mahmudov, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim hamda Ğaznaçilik xizmati qömitasi raisi maslahatçisi Oygul Kajanova sözga çiqdi.
Çiqişlarda ona tilimizning milliy özlikni anglaş, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazişdagi örni, şuningdek, davlat tilining nufuzini oşiriş va undan rasmiy iş yuritişda samarali foydalaniş masalalariga e’tibor qaratildi.
Bayram dasturi doirasida tayyorlangan sahna körinişi tadbirga özgaça ruh bağişladi. Şuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti talabasi, birinçi “Özbek madaniyati elçisi” Maşu Komazakining çiqişi dasturdan örin oldi.
Tadbirning yana bir muhim qismi Umummilliy diktant ğoliblarini taqdirlaş marosimi böldi. Unda diktantda yuqori natijalarga erişgan iştirokçilar e’tirof etildi. Mazkur taşabbus xodimlarning davlat tilida savodli yoziş könikmalarini mustahkamlaş, özbek tili me’yorlariga rioya etiş va yozma nutq madaniyatini rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir söngida “Turkistonda jadidçilik” asari yuzasidan muhokama bölib ötdi. Unda jadid ma’rifatparvarlarining ona tilini rivojlantiriş, milliy maktab va matbuotni şakllantiriş yölidagi fidokorona faoliyati, ularning ğoyalari bugungi kunda ham dolzarbligi xususida fikr almaşildi.
Özbek tili bayramiga bağişlangan uşbu tadbir ona tilimizga hurmat, undan kundalik faoliyat va rasmiy iş yuritişda töğri foydalaniş, şuningdek, tilimizning boy imkoniyatlarini asrab-avaylaş muhimligi alohida ta’kidlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boşqarmasi









