IQTISODIYOT XRONIKASI | Bir kunda fond bozori 22,6 foizga qulagan kun
2026-10-19 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Tasavvur qiling: bir kun ichida fond bozori o‘z qiymatining beshdan bir qismidan ko‘prog‘ini yo‘qotdi. Bu qanday sodir bo‘lgan?
1987-yil 19-oktabr jahon moliya tarixiga “Qora dushanba” (Black Monday) nomi bilan kirdi.
O‘sha kuni AQShning Dow Jones fond indeksi bir kunda 22,6 foizga yoki 508 punktga qulab, tarixdagi eng keskin bir kunlik pasayishlardan birini qayd etdi.
Bunga investorlar orasida vahimaning kuchayishi, aksiyalarning ommaviy sotilishi va avtomatlashtirilgan savdo strategiyalari ta’siri ham sabab bo‘lgan.
Xo‘sh, “Qora dushanba” bizga nimani o‘rgatdi?
