Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-10-16 19:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda OTB Prezidentining bosh maslahatchisi Keichiro Inui, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Nodirbek Ochilov, Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Karshibayev hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, uchrashuv doirasida elektr taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha bitimning imzolandi. Loyiha elektr ta’minotining ishonchliligi va samaradorligini oshirish, podstansiyalarni modernizatsiya qilish, elektr tarmoqlari quvvatini kengaytirish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etishga qaratilgan.
Muloqot davomida iqtisodiy tahlil va prognozlash jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish, ma’lumotlarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish, raqamli infratuzilma va kiberxavfsizlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishlarda OTBning texnik ko‘magi va xalqaro ekspertlar salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda belgilangan maqsadlarga yetish tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi


