STARTAP LOYIHALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN OCHIQ TANLOV
2026-10-02 16:00:00 / E’lonlar

Ushbu dastur Jahon banki ishtirokidagi “Rivojlanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish – FINGROW” dasturini tayyorlash loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Dastur startap loyihalarga biznesni bozorda to‘g‘ri joylashtirishni, bozor strategiyasini, investitsiyaga tayyorgarligini, kengayish salohiyatini hamda xalqaro bozorlarga chiqish va o‘sish imkoniyatlarini kuchaytirishda yordam berishga qaratilgan. Tanlangan startap loyihalari amaliy rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, individual ko‘mak va tegishli ekotizim ishtirokchilari bilan, shu jumladan xalqaro darajada, ishlashga yordam beradigan yondashuvlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ishtirokchilar StartupBlink kompaniyasi asoschisi va bosh direktori, konsultant Eli David Rokah bilan bevosita ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. StartupBlink kompaniyasi — 150 dan ortiq hukumatlar va yetakchi tashkilotlar bilan ishlaydigan global startap ekotizimlarini tadqiq etish markazidir.
Eli Rokah o‘n yildan ortiq vaqt davomida xalqaro hamkorliklarni rivojlantirib kelmoqda va 120 dan ortiq mamlakatdagi startap ekotizimlari bilan ishlagan. StartupBlink kompaniyasi tadqiqotlaridan hukumatlar, investorlar, yirik kompaniyalar va startap asoschilari keng foydalanadi.
Startap asoschilari uchun ushbu dastur Eli Rokahning global kompaniya qurish, korporativ va davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, biznesni xalqaro bozorda to‘g‘ri joylashtirish va turli bozorlarda o‘sishni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribasidan bevosita foydalanish imkonini beradi.
Ariza beruvchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- O‘zbekistonda sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishiga qaratilgan texnologik startap loyihasi bo‘lishi;
- Mentorlik davri davomida faol ishtirok etishga tayyor bo‘lishi;
- Dasturda samarali ishtirok etish uchun yetarli darajada ingliz tilida ishlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi
afzal ko’riladi.
Tanlangan startap loyihalar uchun dasturda ishtirok etish bepul.
Mazkur qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun arizani quyidagi havola orqali
topshirishingiz mumkin: https://tally.so/r/7RGBj9
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 14-oktabr
Arizalar shaffof tanlov mezonlari asosida baholanadi. Baholashda yo‘nalishning dasturga mosligi, investitsiyaga tayyorgarlik, innovatsion salohiyat, kengayish va bozor salohiyati, muammo va taklif etilayotgan yechim o‘rtasidagi moslik, shuningdek ishtirokchi hududi inobatga olinadi.
