Pensiya tayinlash uchun minimal ish stajini 15 yilga yetkazish taklif etilmoqda
2026-09-23 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugungi kunda 7 yillik minimal ish staji 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 42 yillik mehnat davrining atigi 17 foizini tashkil etadi.

Shu bilan birga, to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan yangi tayinlangan pensionerlar ulushi 2010-yildagi 6 foizdan 2025-yilda 61 foizga yetgan.
Taklifga ko‘ra, minimal ish staji 2027-yildan boshlab har yili 1 yildan oshirilib, 2034-yilda 15 yilga yetkaziladi.
Masalan, 2030-yilda pensiyaga chiqadigan fuqaro uchun bir yo‘la 15 yil emas, 11 yil staj talab qilinadi.
Shu bilan birga, 15 yil staj to‘play olmagan fuqarolar uchun pensiya yoshidan 5 yil o‘tib yoshga doir nafaqa tayinlash kafolati saqlanadi.
Maqsad — rasmiy bandlikni, ish haqini to‘liq ko‘rsatishni va uzoq muddat badal to‘lashni iqtisodiy jihatdan yanada manfaatli qilish.



