Pensiya hisob-kitoblarida qanday o‘zgarishlar taklif qilinmoqda?
2026-09-23 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari
Pensiya miqdorini hisoblashda ish haqining hisobga olinadigan davrini bosqichma-bosqich kengaytirish taklif qilinmoqda.
Amaldagi tartibda oxirgi 10 yil ichidagi eng yuqori ketma-ket 5 yillik ish haqi hisobga olinadi. Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, bu davr har yili bir yilga oshirib borilib, 2041-yilda 20 yilga yetkaziladi.
Shuningdek, 2028-yil 1-apreldan pensiya hisobida inobatga olinadigan ish haqi chegarasini 6 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda.
Masalan, oyiga 10 mln so‘m rasmiy ish haqi oladigan fuqaroning pensiyasi 3,3 mln so‘mdan taxminan 3,6 mln so‘mgacha oshishi mumkin.
