Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika: xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi
2026-09-24 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston fiziklar kengashi, Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro hamkorlar ko‘magida tashkil etilmoqda.
Konferensiyada 55 nafar xorijiy olim va mutaxassis hamda O‘zbekistonning 100 nafarga yaqin olimlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Manzil: Central Asia University, Toshkent shahri.
Tadbirning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika ekotizimini xalqaro darajada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy yutuqlarni sanoatga joriy etish masalalarini ko‘rib chiqish.
