“Tovoqsoy” va “Kosonsoy” sanatoriylari bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi
2026-09-17 14:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun mo‘ljallangan “Tovoqsoy” va “Kosonsoy” sanatoriylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha o‘tkazilgan tender yakunlandi.
Tender komissiyasi qaroriga ko‘ra, mazkur sanatoriylar bo‘yicha tender g‘oliblari va zaxiradagi g‘oliblar aniqlandi.
“Tovoqsoy” sanatoriysi bo‘yicha:
- “ORTOPROTEZ REABILITATSIYA SERVIS” MCHJ — tender g‘olibi;
- “OBI HAYOT GIDRO” MCHJ — zaxiradagi g‘olib.
“Kosonsoy” sanatoriysi bo‘yicha:
- “DOCTOR A” MCHJ — tender g‘olibi;
- “OBI HAYOT GIDRO” MCHJ — zaxiradagi g‘olib.
Tenderni davlat-xususiy sheriklik asosida o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad — sanatoriylarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
