2026 yil birinchi yarim yillikda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida korrupsiyaga oid kelib tushgan murojaatlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT
2026-09-14 19:00:00 / Korrupsiya haqida kelib tushgan murojaatlar

2026-yil birinchi yarim yillikda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning xatti-harakatlari hamda korrupsiyaviy holatlar yuzasidan 4 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatlarda bayon etilgan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan hamda huquqiy baho berish va qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati, tizim tashkilotlari, hududiy bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga vazirlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qilish tartibi muntazam ravishda tushuntirilib, zarur axborot va maslahatlar berib borilmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor va samarali qabul qilish hamda koʻrib chiqishni taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi aloqa kanallari faoliyat koʻrsatmoqda:
Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari
Ishonch telefoni +998(71)203-31-71;
Murojaat boʻlimi+998(71)203-50-50 (ichki raqam 01117, 01118, 01119)
Komplayens xizmati boshqarmasi: +998 (71) 203-50-50 (ichki raqam: 01254)
Elektron pochta – info@imv.uz;
Telegram bot – @IMV_antikorrupsiya_bot
Onlayn shakl: imv.uz/form (yoki https://www.imv.uz/form, shuningdek imv.uz forum)
Yagona davlat portali: gov.uz/oz/imv
Ish tartibi va kafolatlar:
Ish vaqti: Doʻshanbadan jumagacha (ish kunlarida) soat 09:00 dan 13:00 gacha hamda 14:00 dan 18:00 gacha.
Maxfiylik kafolati: Har bir xabar muhim hisoblanadi. Murojaat qiluvchining shaxsi toʻliq sir saqlanadi, maʼlumotlar xavfsiz himoyalanadi.
Huquqiy kafolat: Sizning haq-huquqlaringiz qonun himoyasidadir.
