Zargarlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va davlat xizmatlari takomillashtirilmoqda
2026-09-11 15:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda asillik darajasini aniqlash va davlat tamg‘asi bilan tamg‘alash xizmatlariga bo‘lgan talab izchil oshib bormoqda.
Matbuot anjumanida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilgani, davlat xizmatlari inson omilisiz elektron shaklda ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi. 2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat yuritayotgan subyektlar soni 2 911 tani tashkil etdi. Tadbir davomida sohada qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbir davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ijro intizomi qat’iy nazoratga olingani alohida qayd etildi. Shuningdek, sohada qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga, xususan, maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Inspeksiya tomonidan sohada qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2024-yilda 1 500 ta, 2025-yilda 1 679 ta, joriy yilning hisobot davrida esa 1 169 ta profilaktik tadbir o‘tkazildi. Hududlarda tadbirkorlar uchun ochiq muloqotlar, seminarlar va tushuntirish ishlari tashkil etilib, amaldagi qonunchilik talablari keng targ‘ib qilinmoqda.
Xususan, litsenziyalash jarayonlarini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida videokuzatuv tizimini joriy etish va nazorat tadbirlarini zamonaviy texnik vositalar orqali amalga oshirish ishlari qayd etildi.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
