Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati
2026-09-08 19:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Shu munosabat bilan, vazirligimizda 8-sentabr kuni davlat xizmatchilari uchun “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Tagayev Behzod Anvarovich, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori o‘rinbosari Yunusov Alisher Bobomurodovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” maktabi dekani Inagamova Lola Usmanbekovna o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlat xizmatchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqatni yanada mustahkamlash, boshqaruv madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.
Trening doirasida zamonaviy davlat xizmatida ma’naviy qadriyatlarning o‘rni, fuqarolar va jamoa bilan ishlash, shaxsiy rivojlanish, boshqaruv psixologiyasi hamda stressni samarali yengish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, ishtirokchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Interaktiv muloqot va amaliy mashg‘ulotlar orqali davlat xizmatchisining kasbiy kompetensiyasi bilan bir qatorda, uning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, muomala madaniyati va fuqarolarga bo‘lgan munosabati ham samarali davlat xizmatining muhim mezonlaridan ekani ta’kidlandi.









