QIZIQISH BILDIRISH UCHUN SO‘ROV
2026-09-04 11:50:00 / Jahon Banki bilan qo'shma loyihalar
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor malakali konsalting kompaniyalarini «Ta’lim sohasida imkoniyatlarni kengaytirish va tenglikni ta’minlash» loyihasi doirasida Talabalar uchun kredit dasturida ishtirok etuvchi hamkor banklar xodimlari uchun treninglarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘z qiziqishini bildirishga taklif etadi.
Moliyalashtirish manbasi: TF0C8875-sonli grant
Shartnoma: UZ-MEF-14-CS-CQS «Talabalar uchun kredit dasturida ishtirok etuvchi hamkor banklar xodimlari uchun treninglarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha konsalting xizmatlari» (Konsultantning malakasiga asoslangan tanlov (CQS))
Xaridor: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliyavazirligi
Qiziqishini bildirishlarini taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 15-sentabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00.
