E’TIROF
2026-08-27 20:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Ushbu qutlug‘ sana arafasida mamlakatimiz rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, faoliyati va tashabbuslari bilan jamoatchilik hayotida alohida o‘rin tutayotgan yurtdoshlarimizning mehnati munosib baholanmoqda.
Ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganlar safida vazirligimiz xodimi Odiljon Nabijonov ham bor. U ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi samarali faoliyati, jamoada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish borasidagi tashabbuslari uchun “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ta’sis etilgan bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy sohada fidokorona mehnat qilayotgan, samarali natijalarga erishayotgan hamda jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni shakllantirishga munosib hissa qo‘shganlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Vazirlik jamoasi Odiljon Nabijonovni mazkur e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
