15-avgust — jahon moliya tarixidagi burilish kunlaridan biri
2026-08-15 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari
1971-yil shu kuni AQSH Prezidenti Richard Nikson dollarning oltinga konvertatsiyasini to‘xtatishini e’lon qildi. Bu voqea tarixga “Nixon Shock” nomi bilan kirdi.
Bretton Woods tizimida 1 unsiya oltin 35 AQSH dollariga tenglashtirilgan, ko‘plab davlatlar valyutalari esa dollarga bog‘langan edi.
Mazkur qaror ushbu tizimning asosiy mexanizmini izdan chiqarib, keyinchalik valyuta kurslarining bozor tamoyillari asosida shakllanishiga yo‘l ochdi.
“Nixon Shock” zamonaviy global valyuta tizimi shakllanishidagi eng muhim burilishlardan biri bo‘lib qoldi.
