Parij bitimining 6-moddasini amalga oshirish va xalqaro uglerod bozorida mamlakatimizning ishtirokini jadallashtirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2026-07-21 21:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda GIZ tomonidan jalb qilingan Germaniyaning “Integration Consulting” kompaniyasi eksperti Zsolt Lengyel xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
Seminar davomida xalqaro uglerod bozorlari mexanizmlarini joriy etish uchun ishlab chiqilayotgan Standart operatsion tartib-taomillar, loyihalarni baholash va avtorizatsiyalash mexanizmlari, shuningdek, yumshatish faoliyatlari uchun ijobiy va salbiy ro‘yxatlarni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajriba atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, issiqxona gazlari emissiyalari uchun kompensatsiya to‘lovlari hamda issiqxona gazlari emissiyalarini qisqartirishga qaratilgan loyihalarni xalqaro uglerod savdosini tashkil etish mexanizmlari o‘rtasidagi asosiy farqlar ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: issiqxona gazlari chiqarilishi uchun kompensatsiya to‘lovlari — bu atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik uchun amalga oshiriladigan majburiy to‘lovlardir. Issiqxona gazlari emissiyalarini qisqartirish loyihalari esa iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatishga qaratilgan bo‘lib, yashil investitsiyalarni jalb qilish imkonini yaratadi.
Ishtirokchilar qo‘shimchalilik, Milliy miqyosda belgilangan hissalar (NDC) bilan muvofiqlik, monitoring qilish, hisobot berish va verifikatsiya qilish (MRV) talablari hamda ekologik va ijtimoiy xavfsizlik masalalari yuzasidan amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Qolaversa, amaliy mashg‘ulotlar mamlakatimiz sharoitida ijobiy va salbiy ro‘yxatga ajratish uchun qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, s
anoatni dekarbonizatsiya qilish va chiqindilarni boshqarish yo‘nalishlaridagi aniq loyihalar misolida olib borildi.
Mazkur tashabbus O‘zbekistonning xalqaro uglerod bozorlarida ishtirok etish salohiyatini oshirish hamda loyihalarni xalqaro standartlarga muvofiq yuqori sifatda xalqaro savdosini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi








