Toshkent xalqaro moliya markazi: yangi imkoniyatlar sari
2026-07-31 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 13-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.

Markaz iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish hamda mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Asosiy yo‘nalishlar:
- kapital bozorlari va xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyani rivojlantirish;
- bank, investitsiya, sug‘urta va islomiy moliya xizmatlarini kengaytirish;
- moliyaviy texnologiyalar, raqamli aktivlar va elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlash;
- investorlar huquqlari va mulk daxlsizligini ta’minlash;
- shaffof, barqaror va xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhit yaratish.




