Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirland
2026-07-16 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni mamlakatimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarni amalga oshirish hamda Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida samarali mehnat qilayotgan fuqarolarni munosib rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan nufuzli davlat mukofotidir.

Mazkur yuksak mukofot bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yoshlar siyosati, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy sohalar iqtisodiyoti va moliyasi boshqarmasi xodimlari Abduqaxorov Ulug‘bek Abdug‘aniyevich hamda Hayitov Shuxrat Sharipboyevich taqdirlandilar.



