#StopNarko bilim — himoya qiladi
2026-07-08 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Giyohvandlik va psixofaol moddalar inson salomatligi, oilaviy farovonlik hamda jamiyat taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Bu kabi xavflarning oldini olishda to‘g‘ri va ishonchli ma'lumotga ega bo‘lish, ongli qaror qabul qilish hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
#StopNarko axborot materiali orqali giyohvandlikning asosiy xavf omillari, salbiy oqibatlari hamda o‘zingizni va yaqinlaringizni asrashga xizmat qiluvchi muhim ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Bilim — himoya qiladi. Ongli tanlov — kelajakni saqlaydi.
