Samarqand viloyatida yosh startapchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-26 14:45:00 / Vazirlik yangiliklari

“Startaplar kuni” tadbiri doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi UzVC milliy venchur fondi bilan hamkorlikda Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Avtomobillarga tabiiy gaz quyish stansiyalarda ortiqcha bosim hisobiga atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlardan samarali foydalanish loyihasi bilan ham tanishdi.
Tadbir davomida startapchilar tomonidan loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
- minimal hayotiy mahsulot (MVP) bilan bog‘liq masalalar;
- venchur investitsiyalarini jalb qilish bilan bog‘liq muammolar;
- biznes-modelni ishlab chiqish va kengaytirish masalalari.
Muloqot yakunida bildirilgan takliflar hamda ko‘tarilgan masalalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli choralar ko‘rish uchun mas’ul vazirlik va idoralarga yuborildi.


