Vazirlik jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy uchrashuvini birgalikda kuzatdi
2026-06-18 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur tarixiy o‘yinni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari ham katta qiziqish va faxr tuyg‘usi bilan kuzatdi. Terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash, milliy sportimiz tarixidagi ushbu muhim lahzaga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda jamoaviy birdamlik muhitini mustahkamlash maqsadida vazirlikda xodimlar ishtirokida o‘yinni birgalikda tomosha qildi.
Tadbir davomida vazirlik xodimlari milliy terma jamoamizning Jahon chempionati maydonidagi ilk ishtirokini yuksak vatanparvarlik ruhi, samimiy qo‘llab-quvvatlash va katta hayajon bilan kuzatdi. O‘zbekiston bayrog‘i ostida jahon futbolining eng nufuzli musobaqasida maydonga tushish mamlakatimiz sporti, xususan, futbol sohasi rivojida erishilgan izchil natijalar va xalqimizning yuksak orzu-intilishlari ifodasi hisoblanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etishi nafaqat sport yutug‘i, balki mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, yoshlar salohiyati, sog‘lom turmush tarzi va milliy birlik g‘oyalarini namoyon etuvchi muhim voqeadir. Bunday tarixiy lahzalar jamiyatda faxr, birdamlik va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi hamda ushbu tarixiy ishtirok mamlakatimiz sporti rivoji, yosh avlodning intilishi va xalqimizning yuksak birdamligi ramzi bo‘lib, futbolchilarimizga Jahon chempionatining keyingi bahslarida ham matonat, omad va munosib natijalar tilaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi









