Davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi
2026-06-12 12:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonda davlat ichki nazorati va ichki audit tizimini takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 8–11-iyun kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida xalqaro ekspert Andra Larin hamda PwC ekspertlari ishtirokida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari uchun an’anaviy va onlayn formatda seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida xorijiy ekspertlar tomonidan Internal Control – Integrated Framework xalqaro qo‘llanmasi asosida “Davlat sektorida ichki nazorat — rahbariyat va boshqaruvning mas’uliyati” hamda “Davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat tizimini joriy etish amaliyoti” mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.
Taqdimotlarda ichki nazorat tizimini shakllantirishning ahamiyati, rahbariyatning o‘rni va mas’uliyati, boshqaruv hisobdorligi, xavflarni boshqarish, ichki nazorat tizimi monitoringi, shuningdek, davlat ichki nazorati sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, seminar doirasida ishtirokchilar va ekspertlar o‘rtasida sohadagi amaliy vaziyatlarga oid keyslar asosida muhokamalar hamda interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Tomonlar kelgusida ham mazkur yo‘nalishda malaka oshirish va tajriba almashishga qaratilgan shu kabi tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligini ta’kidladilar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi


