Buxoro viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-21 21:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelayotgan muammolar, amaliy takliflar hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi:
- Qurilish materiallari eksportini yanada kengaytirish maqsadida vagonlar parkini ko‘paytirish va ularning mavjud quvvatlarini oshirish masalasi;
- Yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida aylanma mablag‘larni kengaytirish hamda banklardan imtiyozli kredit resurslarini jalb etish bo‘yicha amaliy ko‘mak taqdim etish;
Muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.


