Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilinadi
2026-05-04 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 5-may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi davra suhbati o‘tkaziladi.

Davra suhbatida bir qator xalqaro moliyaviy tashkilotlar, Markaziy bank, tijorat banklari, vazirlik va idoralar, xususiy sektor hamda venchur fondlar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mazkur davra suhbati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.
