Hududlarni rivojlantirishda yangicha yondashuvlar asosida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ma’lumot
2026-04-30 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar:
Hududlarning “solishtirma ustunliklari” va “mahallalar ixtisoslashuvi”dan kelib chiqib, 13 ta viloyat bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish qarorlari ishlab chiqilgan (9 tasi qabul qilingan, Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyati qarorlari himoya qilingan va Toshkent shahri qarori hisobotga tayyorlanmoqda), budjetdan qo‘shimcha 2,3 trln so‘m va FRRUdan 500 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
“Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” maqomi berilgan 33 ta tuman (2,3 trln) va 330 ta mahalla (1,6 trln)ga 3,9 trln soʻm mablagʻlar mahalliy budjetlarga toʻliq ajratib berildi;
Maʼlumot uchun, Dasturlar Islohotlar shtabi bilan shakllantirilib, Xalq deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
Ogʻir toifadagi 37 ta tuman (1,8 trln) va 903 ta mahalla (1,8 trln)ga jami 3,9 trln soʻm hamda mahalliy budjetdan mos ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻlar ajratildi;
Maʼlumot uchun, hududning “solishtirma ustunliklari” asosida Dasturlar hokimlar bilan ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
Olmazor tajribasi asosida 50 ta yirik shaharlarda 8,8 trln soʻm budjetdan qoʻshimcha daromadlar aniqlanib (reja 7,4 trln soʻm edi), shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha “biznes reja”lar tasdiqlandi;
Iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi 283 ta “drayver” loyihalarga
1-bosqichda 1 trln soʻm mablagʻlar ajratildi;
Maʼlumot uchun, sanoatda 51 ta, xizmat koʻrsatishda 180 ta va qishloq xoʻjaligi 52 ta loyiha.
Jahon banki koʻmagida nufuzli xorijiy kompaniyalarni jalb etish ishlari boshlandi. Xususan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun Fransiya (Groupe Huit) va Buyuk Britaniya (Buro Happold), Samarqand viloyati uchun Ispaniyaning (IDOM) shaharsozlik yoʻnalishidagi kompaniyalar jalb etildi.
Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” loyihasi doirasida natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) mexanizmi boʻyicha 400 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimi fevral oyida imzolandi;
XMI ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida 80 mln AQSH dollar oʻzlashtirildi (yillik reja 405 mln dollar).
2026-yilning II choragi davomida belgilangan rejalar:
“Narpay tajribasi” asosida hududlarni rivojlantirishda sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha ishlar davom ettiriladi;
(a) iqtisodiy kompleks tashkilotlari maʼlumotlar bazasiga tayangan holda “LLM modeli” asosida IM AI (ai.imv.uz) platformasini ishga tushiradi;
(b) tijorat banklarida sunʼiy intellektni rivojlantirish Loyiha ofisini tashkil etish choralari koʻriladi.
Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” loyihasi doirasida natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) mexanizmi asosida joriy yilda 42 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar “Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” maqomi berilgan tumanlarning 14 tasiga yoʻnaltiriladi;
Xizmatlar sohasida 200 ta gavjum koʻchalar, 206 ta sohilboʻyi va 500 ta yoʻlboʻyi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun jami 1,2 trln soʻm mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
Turizm salohiyati yuqori boʻlgan 150 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun — 450 mlrd soʻm mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
400 ta mahallani qamrab oluvchi 50 ta mikrosanoat markazlarini tashkil qilish uchun — 150 mlrd soʻm mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
XMI ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” va “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida 180 mln dollar oʻzlashtiriladi (yillik reja 405 mln dollar);
Yevropa Ittifoqining 6,6 mln dollar grant mablagʻlari hisobidan hududiy strategiya va rejalarni oʻzaro bogʻlash va muvofiqlashtirish maqsadida milliy fazoviy-hududiy strategiyani ishlab chiqish boshlanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
