2026-yil 1-apreldan boshlab avtomobil va ko‘chmas mulk obyektlarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi
2026-03-18 15:50:00 / E’lonlar
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy etilmoqda.
Hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi;
Notarial tasdiqlash jarayonida hisob-kitoblar amalga oshirilganligi banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida tekshiriladi;
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda eskrou hisobvaraqlardan foydalanish mumkin.
Xaridor tomonidan pul mablag‘lari bank orqali kirim qilinib, bitimni notarial tasdiqlash ushbu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Eskrou xizmatlari bo‘yicha maksimal komissiya miqdori:
ko‘chmas mulk uchun — BHMning 50%igacha (206 000 so‘m);
avtotransport vositalari uchun — BHMning 25%igacha (103 000 so‘m).
