Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi doirasida yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-04-09 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda XVJning O‘rta Sharq va Markaziy Osiyo bilan ishlash bo‘limi katta iqtisodchisi Alexandro Simone, XVJning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov, Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamroyev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tomonlar mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-moliyaviy islohotlar, jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflatsiyani izchil pasaytirish borasida erishilayotgan natijalar hamda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Xususan, muhokamalar davomida tomonlar quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
· iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni yanada jadallashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
· inflatsiya darajasini qat’iy nazorat ostida ushlab turish;
· budjet jarayonlarini samarali tashkil etish, budjet ko‘rsatkichlarini optimallashtirish hamda davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada rivojlantirish;
· bojxona va soliq boshqaruvini yanada takomillashtirish;
· iqtisodiyotda xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda xususiy sektor rolini kengaytirish.
O‘z navbatida, XVJ vakillari tomonidan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari ijobiy baholanib, global iqtisodiy noaniqliklarga qaramasdan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror o‘sib borayotgani alohida e’tirof etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda tajriba almashinuvini kengaytirish yuzasidan kelishib oldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi



