2025-yilda ipoteka va subsidiya dasturlari ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot
2026-02-11 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
I. Ipoteka kreditlari
2025-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida 70 415 nafar fuqaroga 21 215 mlrd soʻmdan ziyod ipoteka kreditlari ajratildi (2024-yilga nisbatan 24 foizga koʻp).
Shundan, budjet resurslari hisobidan 46 354 nafar fuqaroga 13 609 mlrd soʻm kredit ajratildi.
II. Ipoteka kreditari bo‘yicha subsidiyalar
Daromadi yuqori bo‘lmagan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2025-yilda 20 894 nafar fuqaroga jami 2 118,2 mlrd soʻm subsidiya mablag‘lari toʻlab berildi.
Subsidiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha:
eng koʻp – Xorazm viloyati – 1 630 ta (100 foiz), Andijon viloyati – 2 598 ta (94 foiz) va Surxondaryo viloyati – 1 941 ta (83 foiz);
eng kam – Toshkent viloyati – 732 ta (29 foiz), Toshkent shahri – 823 ta (33 foiz), Buxoro viloyati – 997 ta (60 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Bugungi kunda 2025-yilning oktabr oyida taqdim etilgan va 2026-yil fevral oyi yakuniga qadar foydalanilmagan amalda bo‘lgan xabarnomalar bo‘yicha 9 106 ta xabarnomalar boʻyicha fuqarolarning talabidan kelib chiqib toʻlovlar davom ettirilmoqda.
III. “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ
2025-yilda Kompaniya mablagʻi hisobidan 9 mingga yaqin fuqaroga jami 2,2 trln soʻm kredit ajratilgan (2024-yilga nisbatan 42 foizga koʻp).
Ipoteka kreditlarining 111,6 mlrd soʻmi “yashil” taʼmirlash maqsadlariga yoʻnaltirilgan.
2025-yilda Kompaniya tomonidan jami 63 mln AQSH dollar, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot bankidan – 30 mln AQSH dollar, Xalqaro moliya korporatsiyasidan – 20 mln AQSH dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan – 13 mln AQSH dollar jalb qilingan. Mahalliy kapital bozoridan 600 mlrd soʻm jalb qilingan.
Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan – 40 mln AQSH dollar va Fransiya taraqqiyot agentligidan – 30 mln yevro jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi
