Adliya vazirligi tizimidagi asosiy qadriyatlar
ADLIYA VAZIRLIGI TIZIMIDAGI ASOSIY QADRIYATLARI
QONUNIYLIK — konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etish;
INSONPARVARLIK — fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish;
ODILLIK — faoliyati davomida har qanday masalaga nisbatan adolatli yondashuv asosida harakat qilish;
XALOLLIK — xiyonat va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, vijdoniylik, to‘g‘rilik, sofdillik bilan vazifani bajarish;
OCHIQLIK — taqdim etiladigan axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, o‘z vaqtida berilishi, ishonchliligi, faoliyatning oshkoraligi va shaffofligi;
XOLISLIK — masalaga u yoki bu guruh/shaxs manfaatini ustun qo‘ymagan holda, umumxalq manfaatidan kelib chiqib xolis yondashish;
HISOBDORLIK — faoliyat haqida keng jamoatchilikka hisob berish masʼuliyati;
PROFESSIONALLIK — turli sharoitlarda murakkab kasbiy faoliyatni tizimli, samarali va ishonchli tarzda amalga oshirish;
TASHABBUSKORLIK — yangi g‘oyalarni ilgari surish, masʼuliyatni zimmaga olish, kreativ yondashuv, innovatsion takliflar;
SADOQAT — o‘z vazifasiga fidoyilik, sodiqlik. Vijdonan va sidqidildan ishlash;
MASʼULIYAT — vazifani bajarishda, egallab turgan lavozimidan qat'i nazar, bir xil javobgarlikni his qilish, yuqori natijadorlikka erishish;
JAMOAVIYLIK — tizim manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish, hamjihatlik, o‘zaro hurmat asosida qarorlar qabul qilish, jamoaning obro‘si va maqsadlari uchun shaxsiy masʼuliyatni his etish.
