Yuridik xizmatlar faoliaytini muvofiqlashtirish sohasida (vazirlik va hududlar uchun) savollar
|
1. Fuqarolarning huquq layoqati deganda nimani tushunasiz? |
|
2. Fuqarolarning muomala layoqati deganda nimani tushunasiz? |
|
3. Emansipatsiya haqida ma’lumot bering. |
|
4. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi haqida maʼlumot bering? |
|
5. Ariza, taklif va shikoyat kabi fuqarolarning murojaatlari turlari oʻrtasida qanday farqli va oʻxshash jihatlar mavjud? |
|
6. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday iqtisodiy huquqlar aks etgan? |
|
7. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qanday ijtimoiy huquqlar mustahkamlangan? |
|
8. Fuqarolarning qanday burchlari mavjud? Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha sanab oʻting. |
|
9. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan davlat hokimiyatining boʻlinishi prinsipi qanday? |
|
10. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 53-moddasiga binoan har bir shaxs madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqiga ega. Madaniyat yutuqlari deganda nimani tushunasiz? |
|
11. Shartnoma tushunchasiga ta’rif bering. |
|
12. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash haqida ma’lumot bering? |
|
13. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy ta’tillari haqida maʼlumot bering? |
|
14. Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish haqida ma’lumot bering. |
|
15. Qanday murojaatlar anonim murojaat deyiladi? |
|
16. Murojaatlarga qoʻyiladigan talablar (rekvezitlari) nimalardan iborat? |
|
17. Murojaatlarning shakllari va turlarini tahlil qiling? |
|
18. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari haqida ma’lumot bering? |
|
19. Murojaatlarni koʻrib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari nimalardan iborat? |
|
20. Referendum nima, qanday masalalar Referendum predmeti boʻla olmaydi? |
|
21. Jamoatchilik nazorati obyekti haqida ma’lumot bering. |
|
22. Jamoatchilik nazorati subyektlari haqida ma’lumot bering. |
|
23. Jamoatchilik nazoratining shakllari haqida ma’lumot bering? |
|
24. Jamoatchilik muhokamasi deganda nimani tushunasiz? |
|
25. Jamoatchilik ekspertizasi deganda nimani tushunasiz? |
|
26. Jamoatchilik fikrini oʻrganish deganda nimani tushunasiz? |
|
27. Jamoatchilik nazoratining natijalari deganda nimani tushunasiz? |
|
28. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz? |
|
29. Elektron hujjatning rekvizitlari haqida ma’lumot bering. |
|
30. Saylov komissiyalari tizimi haqida ma’lumot bering? |
|
31. Bir taraflama bitimlar toʻg‘risida ma’lumot bering. |
|
32. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi oʻrtasidagi farq nimada? |
|
33. Bandlik deganda nimani tushunasiz? |
|
34. Qanday fuqarolar band deb hisoblanadi? |
|
35. Dastlabki sinov davrida xodimga nisbatan mehnat qonunchiligining amal qilishini tatbiq etish masalasini tahlil qiling. |
|
36. Majburiy mehnat deganda nimani tushunasiz va qanday mehnat majburiy mehnat deb hisoblanmaydi? |
|
37. Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirganda xodimlarga taqdim etiladigan dam olish kunlari haqida gapirib bering! |
|
38. Xizmat safariga yuborilgan taqdirda ish beruvchi xodimga qoplashi shart boʻlgan xarajatlarni sanab oʻting. |
|
39. Mehnat kodeksi hamda “Davlat fuqarolik xizmati toʻg‘risida” Qonunida belgilangan intizomiy jazo choralarini farqli jihatlarini saba bering. |
|
40. Xodimlarga qanday turdagi ta’tillar berilishi mumkin? |
|
41. Mehnat shartnomasining shakli, muddati, kuchga kirishi, ishning boshlanish sanasi va mehnat shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida aytib bering! |
|
42. Mehnat shartnomasi muddati, ishning boshlanish sanasi haqida aytib bering! |
|
43. Mehnat sohasida kimlar ishsiz deb e’tirof etilmaydi? |
|
44. Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda amal qilishi lozim xulq-atvorning umumiy qoidalari haqida gapiring? |
|
45. Davlat xizmatchilari ishdan tashqari vaqtda qanday majburiyatlarga rioya etishi kerak? Majburiyatdan 5 tasini sanab bering! |
|
46. Davlat xizmatchisining tashqi koʻrinishi va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalarida nimalar nazarda tutilgan? |
|
47. “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqi namunaviy qoidalari”ga rioya etmaganlik uchun qanday javobgarlik nazarda tutilgan? |
|
48. Qonunchilikka muvofiq kimlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas? |
|
49. “Davlat fuqarolik xizmati toʻg‘risida”gi Qonunga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlashda qanday toʻlovlarni oʻz ichiga oladi? |
|
50. “Davlat fuqarolik xizmati toʻg‘risida”gi Qonunga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchisiga qanday rag‘batlantirish nazarda tutilgan? |
|
51. Qonunchilikka muvofiq Davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish masalasini aytib bering! |
|
52. Mehnat kodeksi boʻyicha xodimning majburiyatlariga nimalar kiradi? Majburiyatdan kamida 5 tasini sanab bering! |
|
53. Xodim ta’tildan chaqirib olinsa ta’til puli qaytarib beriladimi? |
|
54. Teng saylov huquqining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering. |
|
55. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslarni sanab bering. |
|
56. Normativ-huquqiy hujjatlarning qanday turlari bor? Sanab bering. |
|
57. Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalardan 7 tasini sanab bering. |
|
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF-80-son Farmoniga muvofiq aholining yagona elektron reestri nima va qachondan joriy etiladi va u qaysi organ tomonidan yuritiladi? |
|
59.Xodim xohlagan vaqtda ish haqi saqlanmagan ta’til olishi mumkinmi? |
|
60.“Dekret”dagi xodim ishga qaytyapti, uning oʻrniga olingan xodimga ishdan boʻshatganda nafaqa toʻlashadimi? |
|
61.Xodim qanday holatlarda ish beruvchi tomonidan ishdan chetlashtirilishi shart? |
|
62.Xodimning shaxsga doir ma’lumotlariga nimalar kiradi? |
|
63.Ishlanmaydigan bayram kunlarini sanab bering hamda bayram kuni dam olish kuniga toʻg‘ri kelgandagi holatni izohlab bering! |
|
64.Ijtimoiy ta’til nima va ijtimoiy ta’til turlarini sanab bering! |
|
65.Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish tushunchasini ta’riflab bering! |
|
66.Ishonchnoma nima va u qancha muddatga berilishi mumkin? |
|
67.Ishonchnoma qanday holatlarda bekor boʻlishi mumkin? |
|
68.Takroriy va dublikat murojaatlar deb qanday murojaatlarga aytiladi va ularning farqi nimada? |
|
69.Murojaatlar bo‘yicha ish yuritish haqida aytib bering. |
|
70.Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqida aytib bering. |
|
71.Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish tartibi haqida aytib bering. |
|
72.Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tugatish tartibi haqida aytib bering. |
|
73.O‘zbekiston Konstitutsiyasining Muqaddimasida nimalar haqida bayon etilgan? |
|
74.O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini sanab bering. |
|
75.O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi haqida ayting! |
|
76.O‘zbekiston Respublikasi Kontistutsiyaning XIV bobi “Oila, bolalar va yoshlar”ga bag‘ishlangan bo‘lib, mazmunini aytib bering. |
|
77.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida nizomga ko‘ra Adliya vazirligi tizimiga qaysi tashkilotlar kiritilgan? |
|
78.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari nimalardan iborat? |
|
79.Hujjatlar (vazifalar, topshiriqlar, so‘rovlar) qachondan ijro etilgan deb hisoblanadi va nazoratdan chiqariladi? |
|
80.Rahbar va lider tushunchalari oʻrtasidagi mushtarak va farqli jihatlar nimada? |
|
81.Muloqot nima? |
|
82.Lider so‘ziga izoh bering. |
|
83.Ish vaqti tushunchasi va turlari hamda ish yiliga ta’rif bering. |
|
84. Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy koʻmaklashish sohasidagi vazifalari nimalardan iborat? |
|
85. Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini sanab bering. |
|
86. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? |
|
87. Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi gapirib bering. |
|
88. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati qanday shakllantiriladi (tuzilmalarni o‘z ichiga olad)? |
|
89. Kimlar yuridik xizmat xodimi bo‘lishi mumkin? Yuridik xizmat xodimi bo‘lish uchun nomzodga qanday talablar qo‘yilgan? |
|
90. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari kimlarga hisobot beradi? |
|
91. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki haqida gapirib bering. |
|
92. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimi tomonidan davlat organi va tashkilotlari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishi tartibi qanday? |
|
93. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga qanday imtiyozlar yaratilgan? |
|
94. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning qancha miqdorida mukofotlanadi. |
|
95. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi qanday? |
|
96. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimini stajirovkadan o‘tkazish tartibini yoritib bering. |
|
97. Nima uchun yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishda adliya organlari bilan kelishish muhim? |
|
98. Qanday hollarda yuridik xizmat xodimini lavozimdan ozod etish masalalarini kelishish adliya organi tomonidan rad etiladi? |
|
99. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimining ish joyini moddiy-texnika jihatidan jihozlashga doir minimal talablar haqida gapirib bering. |
|
100. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash masalasini kelishish uchun necha nafargacha nomzod yuborish mumkin? |
|
101. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga qanday martaba darajalari beriladi va har bir martaba darajasida bo‘lish muddati haqida gapirib bering |
|
102. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimining majburiyatlari nimalardan iborat? |
|
103. Kimlar yuridik xizmat xodimi va yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin emas? |
|
104. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ta’minlash sohasida qanday funksiyalarni amalga oshiradi? |
|
105. Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi tushunchalariga ta’rif bering. |
|
106. Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat shtat birligini qisqartirish yo‘l qo‘yiladimi? |
|
107. Davlat organi va tashkilotida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkinmi va unga nisbatan qanday talablar qo‘yilgan? |
|
108. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 16-bandiga muvofiq shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida qanday funksiyalar belgilangan? |
|
109. Yuridik xizmat xodimining huquqlari nimalardan iborat? |
|
110. Fuqarolik protsessida arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslarini sanab bering? |
|
111. Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini qaysi organ nazorat qiladi? |
|
112. Bitta shtat birligidan iborat respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari mehnatga haq to‘lash razryadlari qaysi lavozim uchun belgilangan darajada belgilanadi? |
|
113. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustamalar miqdorlari haqida gapirib bering. |
|
114. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari haqida gapirib bering |
|
115. Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi to‘g‘risida nizomga ko‘ra mukofot puli deganda nima tushuniladi? |
|
116. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmat xodimi tomonidan sudgacha va sud tartibida undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi haqida gapirib bering. |
|
117. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga martaba darajalarini berishda adliya vazirining qanday huquqlari bor? |
|
118. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi qanday davlat organlari mavjud? |
|
119. Davlat adliya maslahatchisi martaba darajalari kim tomonidan va qanday muddatlarda beriladi? |
|
120. Martaba darajasi olish uchun davlat organi va tashkiloti tomonidan yuridik xizmat xodimlariga oid qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak? |
|
121. Davlat organlari va tashkilotlarining qaysi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari qanday muddatlarda va kim tomonidan xatlovdan o‘tkazilishi kerak? |
|
122. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning quyidagi huquqlari belgilangan: |
|
123. Adliya organlarida yuridik xizmat xodimini stajirovka rahbariga qanday talablar qo‘yilgan va stajirovkaning muddati qanday? |
|
124. Yuridik xizmat xodimini stajirovka rahbari va stajyorning majburiyatlari haqida gapirib bering. |
|
125. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlarini moddiy-texnik jihatdan jihozlashga kim javobgar hisoblanadi? |
|
126. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining ma’lumotlari bazasi shakllantirish tartibi haqida gapirib bering. |
|
127. Davlat organlari va tashkilotlari qancha muddatda tegishli adliya organiga yuridik xizmat xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi? |
|
128. Adliya organlarida yuridik xizmat xodimlarining ma’lumotlari yuristnew.adliya.uz elektron tizimi to‘g‘risida gapirib bering. |
|
129. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash masalalarini kelishish tartibi haqida gapirib bering. |
|
130. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash masalasini kelishish uchun yuborilgan hujjatlar qancha vaqt davomida ko‘rib chiqiladi? |
|
131. Yuridik xizmat xodimlarini lavozimidan ozod etishni kelishish uchun davlat organi va tashkiloti tomonidan adliya organlariga qanaqa hujjatlar taqdim etiladi? |
|
132. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qo‘yiladigan talablarni va saylash tartibini aytib bering. |
|
133. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash uchun yuborilgan nomzodlar suhbatdan o‘tmagan taqdirda yana qayta hujjat topshirishlari mumkinmi? |
|
134. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimini o‘z tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan bo‘lsa, mazkur masala Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladimi? |
|
135. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari adliya organlari bilan lavozimiga tayinlanishi kelishilgan kundan boshlab qancha vaqt davomida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga o‘tganda adliya organlari bilan lavozimga tayinlanishi kelishilmaydi? |
|
136. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishdan maqsad nima? |
|
137. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini malakasini oshirishdan o‘tkazishdan maqsad nima? |
|
138. Tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari attestatsiyadan o‘tish muddatlari haqida gapirib bering? |
|
139. Qaysi yuridik xizmat xodimlari attestatsiyadan o‘tkazilmaydi? |
|
140. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun qanaqa hujjatlar taqdim qilinadi va hujjatlar qancha muddatda ko‘rib chiqiladi? |
|
141. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish jarayoni qanaqa bo‘ladi? |
|
142. Yuridik xizmat xodimining attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilishi mumkinmi va qay tarzda? |
|
143. Yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bilan kelishilmagan holda qabul qilingan hujjatlar qonuniy hisoblanadimi? |
|
144. Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasining ish faoliyati haqida gapirib bering. |
|
145. Ikki marotaba attestatsiyadan o‘ta olmagan xodimlar, lavozimdan ozod etiladimi? Mazkur jarayoni haqida gapirib bering. |
|
146. Fuqarolik kodeksiga asosan muddatlar belgilash, vaqt davri bilan belgilangan muddatning boshlanishi va tugashi haqida gapirib bering. |
|
147. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari boshliqlari va bosh yuriskonsultlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi qanday? |
|
148. Vakillik va ishonchnoma deganda nima tushunasiz? |
|
149. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati qonun buzilishi holatlari aniqlanganda qayerga murojaat qilishi kerak? |
|
150. Sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlariga mukofot pulini yuridik xizmat xodimlari o‘rtasida taqsimlash tartibi haqida gapirib bering. |
|
151. Respublikamizning qaysi viloyatlarida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati eksperiment tariqasida tashkil etildi va tashkiliy-huquqiy asoslari haqida gapirib bering? |
|
152. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? |
|
153. Normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharhni kimlar qanday holatlarda beradi? |
|
154. “E-huquqshunos” elektron tizimi nima va uni asosiy imkoniyatlari haqida gapirib bering. |
|
155. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkinmi? |
|
156. Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz xodimlarining maqomi va mehnatga haq to‘lash tartibi qanday? |
|
157. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat? |
|
158. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari qanday huquqlarga ega? |
|
159. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlarining majburiyatlari nimalardan iborat? |
|
160. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining xodimi tomonidan shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida vakil sifatida qatnashish tartibi qanday? |
|
161. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi funksiyalarini aytib bering. |
|
162. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi deganda nima tushunasiz? |
|
163. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasidagi funksiyalarini aytib bering. |
|
164. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi funksiyalarini aytib bering. |
|
165. Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida shartnomaviy yoki boshqa huquqiy munosabatlar natijasida kelib chiqadigan nizoli holatlarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari o‘rni. |
|
166. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari uchun advokatura va notariat sohasidagi belgilangan imtiyozlarni yoritib bering. |
|
167. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi nizomning 16-bandiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida qanday funksiyalar belgilangan? |
|
168. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 16-bandiga muvofiq davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida qanday funksiyalar belgilangan? |
|
169. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 16-bandiga muvofiq davlat organi va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida qanday funksiyalar belgilangan? |
|
170. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi aynan qanday ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi? |
|
171. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga kiritish tartibini aytib bering. |
|
172. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun qanaqa funksiyalarni amalga oshiradi? |
|
173. Huquqiy ekspertiza nima? Normativ huquqiy hujjat loyihasining tashkilot yuridik xizmati hamda Adliya vazirligidagi huquqiy ekspertizasi haqida gapirib bering. |
|
174. Yuridik xizmat xodimini stajirovka o‘tash jarayonida stajyorga adliya organlari tomonidan qanday sharoitlar yaratib beriladi? |
|
175. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibining attestatsiya qismi kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi? |
|
176. Yuridik xizmat xodimi tomonidan viza qo‘yilgan hujjatlarga va u tomonidan bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun kim javobgar hisoblanadi? |
|
177. Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi? |
|
178. Masofadan turib ishlashning aralash rejimi deganda nima tushunasiz. Vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tish yoki o‘tkazish uchun ustuvor huquq beriladigan xodimlarning toifalari kimlardan iborat? |
|
179. Qaysi organlar yoki mansabdor shaxslar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega? |
|
180. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash uchun yuborilgan nomzodlar suhbatga uzrsiz ravishda kelmagan holatda, adliya organi tomonidan qanday chora ko‘riladi? |
