Adliya vazirligi tizimida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
2025-yil davomida Adliya vazirligi tizimidagi va hududiy adliya organlarida boshqaruv xodimlari tomonidan to’ldirilgan deklaratsiyalar bo’yicha xodimlarning yaqin qarindoshlari bevosita bo‘ysunuvida yoki nazorat yo‘nalishida ishlayotganlik holatlari tahlil qilindi.
Shuningdek, mazkur yo’nalishda birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi bilan bog‘liq cheklov tatbiq etilmaydigan xodimlar bo‘yicha o’rganish o’tkazildi.
O’tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, lavozimlar birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunadigan yoki uning nazorati ostidagi lavozimlar hisoblanmasada, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanishi mumkinligi jihatidan o’rganildi.
Ushbu holatlar yuzasidan kelgusida ish yurituvida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatining oldini olish yuzasidan Qonun talablari doirasida tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.
2025-yil 2-choragida Jizzax, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyati adliya boshqarmalari tizimida Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari xodimlari tomonidan manfaatlar to’qnashuvi holatlariga yo’l qo’yilmasligi yuzasidan tekshirishlar o’tkazildi. O’rganilgan holatlar bo’yicha qonunbuzilishiga yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo’llanilishi ta’minlandi.
Shuningdek, vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarning yaqin qarindoshlari o’rtasida nepotizm holatlari tahlil qilindi va natijasi yuzasidan tartibga solish ishlari amalga oshirilmoqda.
Vazirlik markaziy apparati, shuningdek hududiy adliya organlari odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari (6 ta)ning xolisligi va maqbulligi tekshirildi.
Vazirlik markaziy apparatining 368 nafar xodimlari tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun talablari bo‘yicha to‘ldirilgan deklaratsiyalar (adliya organlari va muassasalari bilan bog’liqlik nuqtai-nazaridan) tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko’ra,
- 1. 26 nafar xodimda mavjud ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviholatlarining (birining boshqasiga bevosita bo’ysunuvi bo’lmasa-da, ish jarayonida to’qnash kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlar nuqta’i-nazaridan)Odob-ahloq komissiyasi qarori (2025-yil 25-mart 5-son bayonnoma)ga ko‘ra tartibga solinishi ta’minlandi.
- Hududiy adliya organlari va muassasalari xodimlarikesimida 69 ta holat (xodimlarning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish holatlari) bartaraf etilib, Qonun talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlandi.
