Farg‘onada adliya bo‘limlari tomonidan kiritilgan ta’sir choralar natijasida aholining noreal 97,5 mln so‘m qarzdorligi bekor qilindi
2025-10-15 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

🔵Viloyatdagi 19 tuman va shaharlarda joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 152 mahallada “Huquqiy mahalla” loyihasi to'liq amalga oshirilmoqda.
🔵Loyiha davomida uyma-uy yurish tadbirlari davomida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalari”ga asosan, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ushbu qoidalar va shartnoma (bitim)larga muvofiq amalga oshirilishi monitoring qilindi.
🔵Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga jami 51 ta ta’sir choralari kiritildi. Quva tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 425 nafar fuqarolarga jami 15,5 mln so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganligi aniqlanib, adliya bo‘limi taqdimnomasiga asosan mazkur noreal qarzdorliklar bartaraf etildi.
🔵Bunday noreal qarzdorlik hisoblangan xonadonlar soni viloyat kesimida 1 229 tani, qarzdorlik summasi esa 97,5 mlnni tashkil etdi hamda mazkur barcha noreal qarzdorliklar adliya bo‘limlari tomonidan kiritilgan ta’sir choralar natijasida bekor qilindi.
🔵Bundan tashqari, 74 ta MFYda chiqindilar xonadonlardan qonunchilikda belgilangan tartibda signal usulida har uch kunda bir marta emas, balki haftada bir marta va hatto 10 kun, ikki haftada bir marta olib ketilayotganlik holatlari aniqlanib, kiritilgan ta’sir choralar natijasida reja-grafiklar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirilib, chiqindilarni har uch kunda bir marta olib ketish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
🔵Monitoring davomida mahallalarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzmagan holda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganlik holatlari aniqlanib, viloyat miqyosida 55 ta MFYda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnomalar tuzildi va 52 mingdan ortiq xonadonlarda yashovchi 200 mingdan ortiq aholining kommunal sohadagi huquqlari tiklandi.
