Adliya vazirligi huzuridagi Apellyasiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi
2025-07-30 09:25:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi PQ–188-son qarori bilan Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiquvchi Apellyasiya kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, eksperiment tariqasida 25 turdagi davlat xizmatlari bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonuniyligi Apellyasiya kengashlari tomonidan kollegial ravishda hamda haq undirilmasdan ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Shu asosda, Adliya vazirligi huzuridagi Apellyasiya kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda manfaatdor shaxslarning davlat xizmatlariga oid shikoyatlari ko‘rib chiqilib, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona va izchil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali (https://my. gov.uz/uz/service/get/1243#appeals-regarding-services-v1/offer-applicant/create) yoki davlat xizmatlari markazlari orqali shikoyat berishingiz mumkin.
Eslatma: Apellyasiya kengashlariga shikoyatlarni berish 2026 yil 1 iyulga qadar davom etadi.






