Ayrim notariuslarning litsenziyalarining amal qilishi vaqtincha to‘xtatildi
2026-11-10 16:00:00 / Vazirlik e'lonlari
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarorlari hamda boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan, uch nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalari amal qilishi vaqtincha to‘xtatildi.
Jumladan:
Sattarov Shoxzod Nurali o‘g‘li – Ohangaron shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius. Uning 2023-yil 30-mayda berilgan L-664284-sonli litsenziyasi 2026-yil 2-noyabrdan boshlab bir oy muddatga to‘xtatildi.
Turdimetov Anvar Xusnitdinovich – Olmaliq shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius. Uning 2020-yil 21-aprelda berilgan TS 0026-sonli litsenziyasi 2026-yil 2-noyabrdan boshlab bir oy muddatga to‘xtatildi.
Sotvoldiyev Rejavali Rojiyevich – Quyi Chirchiq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius. Uning 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0065-sonli litsenziyasi 2026-yil 9-noyabrdan boshlab 15 kun muddatga to‘xtatildi.
Mazkur qarorlar «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunning 152-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilgan.
Eslatma: Yuqorida ko‘rsatilgan muddatlar davomida mazkur notariuslar xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas.
