“Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi boshlandi!
2026-11-09 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

2026-yil 6-noyabrdan 6-dekabrga qadar Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Pensionerlarga huquqiy yordam” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
🎯 Aksiyadan maqsad — pensionerlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va hal etish hamda huquqiy madaniyatini oshirish.
📖 Aksiya doirasida:
🔵 Pensiya tayinlash va uning miqdori bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganiladi;
🔵 Soliq imtiyozlari va ijtimoiy himoya sohasidagi muammolar tahlil qilinadi;
🔵 Pensionerlarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash choralari ko‘riladi;
🔵 Sayyor qabullar tashkil etilib, huquqiy maslahatlar va amaliy yordam ko‘rsatiladi;
🔵 Ehtiyojmand pensionerlarga yashash manzilida sayyor davlat va notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.
🤝 Adliya organlari pensionerlarning huquqlarini himoya qilish va ularga amaliy ko‘mak berishga doimo tayyor!
