Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 2 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-11-06 17:15:00 / Vazirlik e'lonlari
Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 17-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan:
Buloqboshi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Boymirzayeva (litsenziya AN0063, 11.12.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 31-oktyabr kunidan 1 oy muddatga;
Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Abdullayev (litsenziya AN0067, 18.08.2021-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 31-oktyabr kunidan 1 oy muddatga to‘xtatilganligi
