Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ASAN TV efirida: davlat xizmatlaridagi islohotlar va yangi hamkorlik rejalari
2026-11-06 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning “Boshqaruv innovatsiyalari: kelajakka tayyor institutlarni rivojlantirish” sammiti doirasida ASAN TV telekanaliga intervyu berdi.
Suhbat davomida 50 dan ortiq davlat vakillari qatnashgan xalqaro sammitning ahamiyati, davlat xizmatlarini rivojlantirish borasidagi O‘zbekiston tajribasi va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida so‘z bordi.
Nu'mon Muxammadiyev O‘zbekistonda Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilishida Ozarbayjonning “ASAN xizmat” va boshqa davlatlar tajribasidan olinganligini ta’kidladi.
Raqamlashtirish natijasida ilgari 10–15 kunda beriladigan ma’lumotnomalarni bugun bir necha daqiqada olish mumkin.
Shuningdek, 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi asosida davlat xizmatlari sohasidagi qo‘shma ishlar davom ettirilishi qayd etildi.
