O‘zbekiston va Ozarbayjon adliya vazirliklari hamkorligi muhokama qilindi
2026-11-05 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

5-6-noyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan “UN Governance Innovation Summit: Advancing Future-Ready Institutions” sammiti arafasida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Nu'mon Muhammadiyev Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Togʻrul Xuseynov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, notariat, qonunchilik, xalqaro huquqiy hamkorlik, sud ekspertizasi hamda adliya sohasida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


